TADBIRKORLAR TAQDIRLANDI

Jizzax viloyat hokimligining Anjumanlar saroyida 20 avgust - Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respub-likasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlariga asosan Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan tadbirkorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev mamlakatimizda, xususan, Jizzax viloyatida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida so‘z yuritdi hamda yig‘ilishda ishtirok etayotgan tadbirkorlarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng viloyat hokimi mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi. 

(O‘z muxbirimiz)


Авторизация