MUROJAAT HUDUDDAGI MUHITNI YAXSHILAYDI

Viloyat hokimi, 1-sektor rahbari Ergash Saliyev Jizzax politexnika institutida Sharof Rashidov tumani va Jizzax shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat rahbari har bir murojaat hududdagi muhitni o‘zida aks ettirishini ta'kidladi. 

Shunday ekan, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan xatlarga mas'uliyatni his etib munosabat bildirish lozim. Sayyor qabulda hamyurtlarimizning og‘zaki va yozma murojaatlari mahalliy hokimliklar, xalq deputatlari hududiy Kengashlari, shahar, tuman va viloyat tashkilotlari, korxonalari hamda muassasalari rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqildi. Masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Har bir murojaat doirasida belgilangan rejalar doimiy nazoratga olindi.



Авторизация