«YASHIL MAKON» LOYIHASI — AMALDA

   

   Bugun respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Jizzax viloyatida ham «Yashil makon» loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirlari davom ettirilmoqda. Jumladan, mirzachoʻlliklar bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirdi.

   Gap shundaki, tumanda jami 811 ming tup mevali va manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekilishi lozim boʻlgan boʻlsa, hozirga qadar 500 mingga yaqin daraxt koʻchatlari oʻtkazildi.

   Obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari ushbu mavsumda 58 ming daraxt koʻchatini ekish rejasini olgan. Oʻtgan kunning oʻzida ular tomonidan Doʻstlik — Mirzachoʻl yoʻnalishidagi avtomobil yoʻli yoqasida 2 ming tup terak koʻchati qadaldi.

   Shuningdek, viloyat markazi — Jizzax shahri hududida joriy yil bahor mavsumida 351 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish koʻzda tutilgan. Bugunga qadar 164 mingdan ziyod mevali, manzarali va buta koʻchatlari oʻtqazildi.

   Maʼlumotlarga koʻra, mazkur koʻchatlarning 126 mingdan ortigʻi «Yashil makon» elektron platformasida oʻz tasdigʻini topgan. Ushbu koʻchatlar sugʻorish, parvarish qilish hamda turli zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini olib borishlari uchun 119 ta korxona va tashkilotga biriktirilgan.


Said DONISHEV


Авторизация