YIL SАRXISOBI

2023 yil 28 dekabrь kuni Jizzax shahridagi Qozon (Volgaboʼyi) Federal Universiteti filialida "Yil sarhisobi" - filialning 2023 yilda erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan ishlari" mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Аnjumanni Qozon universiteti filiali matbuot kotibi Yelena Navroʼzova ochib berdi. Universitet filiali ijrochi direktori, texnika fanlari doktori, professor Ozod Bobomuradov va ilmiy ishlar, inovatsiyalar boʼyicha ijrochi direktori oʼrinbosari Temur Ubaydullaev oʼz maʼruzalarida erishilgan yutuqlar va rejalar haqida soʼz yuritdilar hamda talabalarning innovatsiyalar doirasida 2023 yildagi yutuqlari toʼgʼrisida xisobot berdilar. 

 

Lobar Ochilova.


Авторизация