BUYUK SHАXS HАQIDАGI KITOBLАR TАQDIMOTI

Sharof Rashidov nomidagi viloyat Аxborot kutubxona markazida taniqli yozuvchi Аbduqayum Yoʼldoshevning “Sharaf yoʼli” romani hamda shoira Sayyora Toʼychievaning “Sharofnoma” nomli doston va esselar toʼplami taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Jizzax viloyati hokimligi, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʼlimi, OʼzLiDeP viloyat Kengashi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkillashtirilgan tadbirda viloyat hokimi oʼrinbosari А.Savurboev, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist Sh.Jabborov, filologiya fanlari doktori M.Joʼraev, Oʼzbekiston Qahramoni P.Ziyatov, “Zarafshon” gazetasi bosh muharriri, senator F.Toshev, Oliy Majlis Senati aʼzosi, kasaba uyushmalari viloyat Kengashi raisi N.Pardaev, OʼzLiDeP viloyat Kengashi raisi E.Xolmatov va boshqalar soʼzga chiqib, mazkur kitoblarda yozuvchi hamda davlat arbobi shaxsiyatining surati va siyrati mohirona tasvirlanganligi hamda kitoblarning badiiy qimmati haqida fikr bildirdilar.


Darvoqe, har ikkala kitobni varaqlar ekansiz, Sharof Rashidovning ijodi, yurt taraqqiyoti va kelajagi uchun qilgan beqiyos mehnati, eldoshlariga boʼlgan chuqur ehtiromi, taʼlim va tarbiya ishiga boʼlgan oʼzgacha munosabati, koʼpchilikka qilgan yaxshiliklari hamda shaxsiy hayotdagi ibratli turmush tarzi toʼgʼrisida qiziqarli maʼlumotlarni olasiz.

Mualliflar А.Yoʼldoshev hamda S.Toʼychievalar esa oʼz soʼzlarida Sharof Rashidovdek benazir shaxs ruhi oldidagi qarzdorlik hissini qisman boʼlsada ado etish yoʼlida dunyoga kelgan ushbu asarlar hali ummondan tomchi ekanligini, kelajakda yurt ravnaqi yoʼlida umrini baxshida etgan bu ulugʼ insonning buyuk siymosini yanada toʼlaqonli ochib beruvchi asarlar koʼplab yozilajagi toʼgʼrisida fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Taqdimot soʼngida isteʼdodli yozuvchi va shoiraga viloyat hokimligi tomonidan alohida ehtirom koʼrsatildi.


Авторизация