NU`MONJON MIRZАYEVNING XOTIRА KEChАSI

Maʼlumki, Jizzax zaminidan koʼplab fan va madaniyat fidoyilari, davlat arboblari, shoir va yozuvchilar yetishib chiqqan. Bugungi kunda ham voha adiblari badiiy pishiq, puxta asarlari bilan milliy adabiyotimiz ravnaqiga munosib hissa qoʼshib kelmoqda. 

Jizzax viloyat Maʼnaviyat markazida oʼtkazilgan adabiy kecha taniqli jurnalist, ijodkor Nuʼmonjon Mirzayev tavalludining 85 yilligiga bagʼishlab xotira kechasi oʼtkazildi. Kecha avvalida Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat boʼlimi rahbari M.Аbdurahmonova soʼzga chiqib, ijodkorning  faoliyati haqida gapirib oʼtdi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist, 1-darajali (mehnat faxriysi) Shuhrat Jabborov Nuʼmonjon Mirzayev bilan birga faoliyat yuritgan davrlardagi oʼz xotiralari bilan oʼrtoqlashdi, u kishining chin inson va doʼst sifatidagi fazilatlariga toʼxtalib oʼtdi. Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Аbdulla Аhmad, Аbulqosim Mamarasulov, Venera Ibragimova va Jurnalist Sayyora Boʼronova va bir guruh hamkasblari ham ustoz jurnalistning  ibrat maktabi haqida toʼxtalib oʼtishdi. Sharof Rashidov tumanidagi 23-maktab oʼquvchilari Nuʼmonjon Mirzayev qalamiga mansub sheʼrlari dan namunalar oʼqishdi. Nuʼmonjon Mirzayevga bagʼishlangan videorolik ishtirokchilarga  namoyish etildi. Jizzax davlat pedagogika universiteti musiqa fakulteti talabalarining musiqiy chiqishlari tadbirga yanada koʼtarinki kayfiyat berdi. Tadbir davomida ijod maktabi oʼquvchilari va ijodkorlar tomonidan sheʼrlar oʼqildi.

Nuʼmonjon Mirzayevning farzandlari Gulnora, Tolibjon, Olimjon, Raʼno, Sohibjon, Dilnozalar otalariga hurmat ramzi sifatida uy muzeyi tashkil etishganini aytib, kecha qatnashchilarini shu muzeyga taklif etishdi. Xotira kechasi qatnashchilari muzeyda boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi, “Hurmat belgisi” ordeni  “Mehnat veterani” medali sohibi publitsist, shoir Nuʼmonjon Mirzayevning hayoti va faoliyatini aks ettirgan eksponatlar bilan tanishishdi.

Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat boʼlimi.


Авторизация