SIZGA TA’ZIM, USTOZLAR

Jizzax politexnika institutida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Sizga ta’zim, ustozlar!» nomli tadbir uyushtirildi. 

Bayram tadbirida institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi ijrosi bilan boshlangan kechada  samarali mehnat qilayotgan, dars jarayonlarini yuqori malaka bilan tashkil etayotgan fidoyi professor-o‘qituvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar – respublika qiziqchilar tanlovining mutloq g‘olibi Sherzod Boymurodov hamda respublika “Iste’dodlarni izlaymiz” ko‘rik-tanlovi g‘olibasi Go‘zal Abdullayevaning chiqishlari ishtirokchilariga xushkayfiyatini ulashdi.


Авторизация