"YASHIL MAKON" UMUMILLIY LOYIHASI AMALDA

Bugungi kunda ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yo‘nalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax shahrida ham ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Aytib o‘tish joizki, joriy yilning kuz mavsumida shahar bo‘yicha jami 431.3 ming dona ko‘chatlar ekilishi bo‘yicha korxona, tashkilot va muassasalar kesimida “Manzilli dastur” ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘chat ekish uchun xandaqlar qazilib, ekish joylarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

 “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida shahrimizning 34 ta mahallasida hasharlar tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda 850 nafarga yaqin aholi ishtirok etgan bo‘lsa, shularning 200 nafari yoshlardir. Shu bilan birga, 1.8 gektar maydon, 1.7 km. ariqlar tozalanib, 15 tonna maishiy chiqindilar 7 ta yuk mashinalarida olib chiqildi. Bundan tashqari, mahalla hududlarida umumiy hisobda 12 800 tup manzarali daraxtlar va 1800 tup gullar ekilishi ta`minlandi.

Shahar hokimligi axborot xizmati


Авторизация