Shahar hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi hamda shahrimizdagi “Sambhram” universiteti hamkorligida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi munosabati bilan esselar tanlovi tashkil etildi.
Ona vatanimiz-Yangi O‘zbekistonga muhabbat, jamiyatimizda o'zbek tilini keng targ'ib qilish, yoshlar qalbida ona tilimizga hurmat tuyg'ularini shakllantirish maqsadida “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” shiori aks etgan tanlovda shahardagi yuzga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari, o‘quvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar tomonidan bir soat mobaynida yozilgan ijodiy ishlarni hakamlar hay'ati xolis baholab bordi.
G‘oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shahar hokimligi Axborot xizmati