ENG KATTA BOYLIKNI YO'QOTIB QO'YMAYLIK

Fors-tojik shoiri mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlari xo'p topib aytib ketganlar: "Qalb dengiz, til qirg'oqdir. Dengizda nima bo'lsa, qirg'oq-qa o'sha kelib uriladi". Qariyb o'n asr muqaddam bitilgan so'zlar bugungi "axborot asri"da ham qadrini yo'qot-madi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning o'ttiz to'rt yilligi ham bu fikrning naqadar to'g'riligini yana bir bor tasdiqlashi shubhasiz.


Biroq shu vaqt oralig‘ida  ham onadek aziz bo'lgan o'zbek tiliga loqayd yurt-doshlarimiz ming afsuski, hali ham topiladi.

Shahrimiz bo‘ylab kezar ekansiz, do‘konlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalarining nomlanishi hayratingizni oshira-di. Ayniqsa, shahrimizdagi «Tad-birkorlikka ko‘maklashish marka-zi» atrofidagi kiyim do‘konlari-ning nomlari mashhur brend-lardan olingan dersiz. Biroq ko'p qavatli savdo markazi tepasiga o‘rnatilgan "Bomba" yozuvini qanday tushunish mumkin? Bu holat  lug‘ati-mizdan jargon so‘zlardan keng foyda-lanishga yo‘l ochib bera-yotgandek go‘yo. Qonun-larga bepisand qaraydiganlarni tartibga chaqiradi-gan mardlar  mas`ul tashkilotlar orasida yo'qmi? Bor. Faqat jur`at yo'q. Tan olaylik, bu "kasallik" oxirgi paytda hamma-mizga "yuqdi". Shuning uchun jimmiz.

"Til haqida o'ylaydigan shahar komissiyasi bor. Ishlasin-da" deganlar xato qiladi. O'zbek tili ravnaqi haqida hammamiz o'yla-shimiz shart. Loqaydlikka ruju qo'yganlarga nisbatan qonuniy chora ko'rish kerak. Nega deganda, gap davlat tili haqida ketayapti. Bu borada murosa-sozlik ketmaydi. 

Rahmatulla YUNUSOV



Авторизация