Shahar hokimligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tashabbusi bilan «O‘rda» ekologik bog‘ida 20 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi. To‘ybolalarga esdalik sifatida zamonaviy velosiped, shirinliklar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Joriy yilda ta`lim, san`at va sport sohasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 1000 nafarga yaqin bolajonlar esa yoz faslining ilk oyi payshanbasida konsert dasturiga, keyin esa «Muzqaymoq sayli»ga taklif etildi.
«Shedevr» tantanalar majmuasida kechgan hayajonli voqealar ham eslashga arzigulik bo‘ldi. Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan tadbirda bolaligidan nogiron, shuningdek, doimiy tibbiy nazoratga olingan bolalarning 50 nafariga ehtirom ko‘rsatildi. Har bir mehmon sovg‘alar, eng muhimi, maxsus harakatlanish texnik vositalari bilan uyiga qaytdi.
(O‘z muxbirimiz)