ENG ULUG', ENG AZIZ BAYRAMINGIZ QUTLUG' KELSIN

Aziz do‘stlar, muhtaram hamshaharlar!

Avvalambor, barchangizni eng ulug‘, eng aziz ayyom – Istiqlolimizning 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Moziy uchun ushbu davr oddiy jarayon hisoblanadi. Ammo erkini o‘zi idora qilish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun ortda qolgan har bir yil inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lib qolishi shubhasiz. Eng muhimi, so‘nggi yetti yil oralig‘ida mamlakatimiz hududlarida amalga oshirilgan islohotlar dunyo miqyosida e`tirof etildi. 2030-yilga qadar innovatsion rivojlangan 50 mamlakat qatoriga kirishni maqsad qilgan O‘zbekistonga dunyo ahli havas qilmoqda.

2023-yil ana shu yo‘nalishdagi sa`y-harakatlarning yana bir amaliy ko‘rinishi bo‘ldi. Qadimiy va navqiron Jizzax shahri olamshumul o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Ana shu yutuqlarda ko‘p sonli hamshaharlarimizning munosib hissasi bor.

Joriy yilda taraqqiyotning muhim mezoni – ilmni, Innovatsiyani har tomonlama rag‘batlantirib, ijtimoiy hayotda qadr topishi uchun hamma imkoniyatlar ishga solindi. Taraqqiyot sari yo‘l tutish kelgusida ham diqqat markazida bo‘ladi. 

O‘tgan davrdagi serqirra faoliyat hamyurtlari-mizning cheksiz matonati va mustahkam irodasini to‘liq namoyon etdi. Bu fazilat ustuvor vazifalar to‘liq uddalanishiga ishonch uyg‘otishi shubhasiz.

Azizlar!

Sizlarni ostonada turgan shodiyonalar bilan yana bir bor qutlayman. 

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!


Авторизация