QISQA SATRLARDA…

Hayotimizda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni eshitib lol qoladi kishi. Ularning mazmun-mohiyatini o‘rganishga  chuqurroq kirishilsa, ko‘plab qiziqarli faktlarga gyvoh bo‘lamiz. Quyida ana shunday hayratomuz ma`lumotlar bilan bo‘lishmoqchimiz.

1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proq.

2. Odam bosh chanog‘i 29 xil suyaklardan iborat.

3. Miyadagi asab pulsi soatiga 274 km tezlikda harakatlanadi.

4. Inson yuragi hayoti davomida 182 million litr qonni o‘zidan o‘tkazadi.

5. Inson o‘zi ko‘radigan tushlarning 99 foizini ertalaboq unutadi.

6. Inson organizmidagi qon tomirlarning jami uzunligi 100 ming kilometrga teng.

7. Odam tana haroratining 80 foizi boshdan chiqadi.

8. Odam dunyodagi chalqancha yotib uxlay oladigan yagona jonzotdir.

9. 4 yashar bola bir kunda o‘rtacha 450 marta ota-onasi yoki yaqinlariga savol beradi.

10. Chapaqaylar dunyo aholisining atigi 7 foizini tashkil etadi.

11. Agar odam boshidagi sochlarning bir umrlik uzunligi hisoblansa, 725 kilometrga yetadi.

12.Organizmdagi kalsiyning 99 foizi tishlarimizdan joy olgan.

13. Hayoti davomida odam terisi 1000 marta yangilanadi.

14. Qo‘ldagi barmoqlarda tirnoq oyoqdagi barmoqlarga nisbatan 4 karra tezroq o‘sadi.

15. Ko‘zlarimiz 10 milliontagacha rangni taniy oladi.  

Kitob o‘qish haqida eng qiziqarli 5 ta fakt:

1. Taniqli, yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, chiroyli gapirishga odatlanasiz. 

2. Madaniyat – o‘qilgan kitoblar sonida emas, balki tushunganlarning sonidan iboratdir.

3. Kitob o‘qiydigan insonlar televizor tomosha qiluvchilarni boshqaradilar.

4. Inson qancha ko‘p kitob o‘qisa, shuncha kamroq taqlid qiladi.

5. Odamlar ikki toifaga bo‘linadi: kitob o‘qiganlar va o‘qiganlarni tinglaydiganlar.

VAQT shunday narsaki:

— Uni ko‘rib turasan, ammo ushlolmaysan.

— Unda yura olasan, yugura olasan, ammo to‘xtata olmaysan.

— Undan xursand bo‘lishing mumkin, ammo hafa bo‘lolmaysan.

— O‘tayotgan VAQT qadrini Ota Onangizda ko‘ring, bolalaringizda ko‘ring.

— Kechagina sizni qo‘llarida ko‘tarib yurgan Ota Onangiz, bugun sizni qo‘llaringizga muhtojdirlar.

— Kechagina sizni qo‘lingizda turgan farzandlaringiz, bugun sizni qo‘llari bilan ushlab turishibdi.

— Nolimang, VAQT bu imtihon.

— Hayot esa bir katta maktabdir.

— O‘tayotgan umringizni o‘z ustingizda ishlashga, foydali ilmlarni o‘rganishga, savob ishlarga, yaxshiliklarga sarf qiling!

Nilufar NEGMUROTOVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari univYersiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi 


Авторизация