Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlashda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mavzusida e’lon qilingan davlat granti uchun “Kitobxonlikni keng ommalashtirish, yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish va chekka hududlardagi aholi o‘rtasida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini targ‘ib qilish hamda mahalla kutubxonalarini tashkil etish” yo‘nalishida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Forish tumani bo‘linmasi “Mehr kutubxonasi” nomli loyihasini qo‘lga kiritgan edi.
Kutubxonaning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari A.Saidxonov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Daulanova, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan mehmonlar kutubxonaning tashkil etilishi juda foydali bo‘lganligi, bu ziyo maskani yoshlarning ongu tafakkurini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.
Yig‘ilganlar kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Kutubxonadan hozirda 1200dan ziyod badiiy, jahon, bolalar adabiyoti va audio kitoblarning eng saralari joy olgan.
Tadbirga "Sayyod" bolalar folklor jamoasi chiqishlari yakun yasadi.
Dilfuza TURG‘UNOVA,
Viloyat ma`naviyat va ma`rifat markazi mutaxassisi