IQTIDORLI O‘QUVCHILARIMIZ KO‘PAYMOQDA

Maktab rahbari Gulchehra Isroilova tashabbuslari bilan olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, o‘quvchilarimiz orasida xalqro va respublika miqyosida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar soni tobora ortmoqda. Jumladan, shaxmat-shashka to‘garagi a`zosi Farangiz Samatova “Women`s Chess Championship” xalqaro musobaqasida 2-o‘rinni egalladi. 

Shuningdek, tasviriy san`at sirlarini o‘rganib kelayotgan Muslima Abdug‘apporova 5 tashabbus loyihasining tuman va viloyat bosqichida faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Uning ishtiroki tanlovning respublika bosqichida ham muvafaqqiyatli yakunlandi. O‘quvchimiz “StarCup” va “Золотой орёл” xalqaro ko‘rik-tanlovlarida ham munosib qatnashib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 

Shuningdek, A.Asatov, L.Narzullayeva, A.Muhammadjonov, M.Xolmo‘minova hamda K.O‘ralova singari o‘quvchilarimiz ham turli tanlovlarda turli o‘rinlarga mos natija qayd etib, maktabimiz ishonchini oqlab kelishmoqda.

Go‘zal TIRKASHEVA,

Tasviriy san`at to‘garagi rahbari


Авторизация