O‘zbekistonni rivojlangan mamlakat-ga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.
Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyati-miz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.
Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”.
Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologi-yalarini egallashimiz, bugungi yoshlari-mizga zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rgatish va ularning ongiga singdirishimiz zarur va shart. Yoshlar bilan ishlash sama-radorligini baholash bo‘yicha yagona ko‘rsatkichlar ishlab chiqish, yoshlar siyosatini baholash milliy indeksini joriy etish kerak. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda hech kim chetda turmasligi, “O‘z bolangizni, o‘z uyingizni, o‘z Vataningizni ko‘z qorachi-g‘idek asrang!” degan shior odamlarimiz qalbidan chuqur joy olishi kerak.
Davlatimiz rahbari birinchi marta tash-kil etilgan O‘zbekiston yoshlari forumida so‘zlagan nutqida «Men har gal yoshlari-miz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat – shijoatingizdan kuch, g‘ayrat va quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tari-ladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman. Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo‘l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch – g‘ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Chunki sizlar bugungi buyuk O‘zbekistonimizning kelajagisizlar!» degan edi.
Demak, davlatimiz rahbari ta’kidla-ganidek, yoshlarning bilim olishlariga, tarbiyasiga e’tibor, bu kelajagimizning porloq bo‘lishi uchun kafolatdir.
Orziqul Hakimov,
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti