XUSUSIY MULK DAXLSIZ.

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 65-moddasida "Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas", deya huquqiy jihatdan mustahkamlab berilgan.

Àmmo xususiy mulkni himoya qilish sohasidagi amalga oshirilgan islohotlar va ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan xususiy mulk daxlsizligi bilan bog‘liq muammo va nizolar ham yuzaga kelmoqda. Xususan, davlat organi mansabdor shaxsining noqonuniy qarorlar asosida xususiy mulk hisoblangan yerlarni "snos" shaklida olib qo‘yilishi, adolatli tovon pulini bermaslik, ayrim mansabdor shaxslarning asossiz vajlar bilan ko‘chmas mol-mulkni buzish holatlari hali ham uchrab turibdi. 

Notariat sohasida xususiy mulk daxlsizligi juda muhim ahamiyatga ega. Notariuslar o‘z faoliyatida mustaqil va betaraf bo‘lib, uni amalga oshirishda notariat to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qiladi.

Notariuslar jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko‘maklashadi. Ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib beradi, taraflar taqdim etgan bitimlar loyihalarining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini tushuntiradi. Bitimlarning mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va ushbu bitimlarning qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi va uning tizimida ham Konstitutsiya qabul qilingan kun umumxalq bayrami arafasida "Yilning eng yaxshi notarial palata xodimi" hamda "Yilning eng yaxshi notariusi" ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an`anaga aylanib ulgurdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad - notariat sohasi vakillarini Konsti-tutsiyaga doir bilimlarini yanada mustahkamlash hisoblanadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, xususiy mulk daxlsizligini ta`minlash, turli tajovuzlardan himoya qilish - huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. 

Notariat sohasida ham bu holat mulk daxlsizligi bilan o‘z aksini topgan.

Zafar Djurayev,

Notarial palata Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi Tashkiliy nazorat 

bo‘yicha maslahatchisi



Авторизация