TIBBIY KO'RIKDAN O'TISHLARI SHART

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013-yil 16-oktabrdagi "Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi 351-sonli buyrug‘ining 3-ilovasida, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan otkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lgan, shuningdek umumta`lim maktablari, maktabgacha ta`lim va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta`lim yoki tarbiya berish bilan shug‘ullanuvchi pedagoglar va boshqa xodimlar dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazuvchi vrach-mutaxassislar, laboratoriya va funksional tekshiruvlar usulida tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddatlari belgilab berilgan. 

Hukumat qarorida mulkchilik shaklidan qat`i nazar, barcha ishlab chiqarish obyektlari, korxona va va muassasalarda, jamoa xo‘jaliklarida va tashkilotlarda mehnat, sanitariya-gigiyena sharoitlariga amal qilish va nazorat o‘rnatish masalalarida ish olib borish hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati xodimlari zimmasiga yuklatilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi "Mehnat kodeksi"ning 214-moddasida belgilanganidek, oziq-ovqat sanoati, savdo, umumiy ovqatlanish obyektlari xodimlari, bolalar muassasalari, ishchi-xizmatchilari, o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va tarbiyachilari, maishiy xizmat korxonalari ishchilari Sog‘liqni saqlash vazirining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrug‘i asosida har olti oyda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari shart. Profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxslarning ish faoliyati bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida esa har xil epidemiologik noxush holatlar yuzaga kelishi mumkin. 

 

F.Ibodov,

 shahar SEO va JS bo‘limi sanitariy 

bo‘limi mudiri 


Sh.Numonov,

shahar SEO va JS bo‘limi

sanitariy vrachi yordamchisi



Авторизация