OTAM E'ZOZLAGAN, ONAM DUO QILGAN YURT

Mamlakatimiz hududidagi Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Àhror Valiy, Àbu Muin an-Nasafiy kabi buyuk alloma va aziz-avliyolarning tabarruk nomlari bilan bog‘liq ziyoratgohlar qaytadan obod qilindi. Begunoh qatag‘on qurbonlari bo‘lib ketgan ko‘plab shahidlar nomi oqlandi. 

Bu tabarruk zotlar qoldirgan milliy va diniy qadriyat namunalarini o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta`lim dargohlari soni ham sezilarli darajada ko‘paydi. Mustaqillik tufayli har bir go‘sha yildan-yilga o‘zgarib, yangicha chiroy ochmoqda. Yurtimizda bunyod etilayotgan zamonaviy inshootlarni ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi, chin dildan sevinamiz, shunday yurtda tug‘ilib, o‘sib kelayotganimizga yaratgan Egamga shukronalar keltiramiz.

Yaqinda Zomin tumanida Zomin dor yo‘li va avtoturargohi foydalanishga topshirildi. Ushbu dor yo‘lida sayr etarkanman, ko‘nglimda tabiatning betakror go‘zalligidan hayrat uyg‘ondi. Faxr hissini tuydim. Mamlakatimiz shahar va qishloqlari, ko‘cha va xiyobonlari yildan-yilga go‘zallashib borayotgani, yirik sanoat korxonalari, zamonaviy muhtasham binolar, ishlab chiqarish korxonalari, madaniyat, san`at, sport saroylari, nuroniy otaxon-u onaxonlar, yoshlar va bolalarga mo‘ljallangan dam olish maskanlari qurilayotgani hayotimizga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. 

O‘ttiz ikki yil tarix oldida juda oz fursat. Àmmo shu narsa aniqki, yillarning, hatto asr-larning ma`no-mohiyati faqat vaqt tushunchasi bilan o‘lchanmaydi. Àksincha, shu vaqt, shu fursat ichida amalga oshirilgan ezgu amallar, inson manfaatlari yo‘lidagi amaliy sa`y-harakatlarning natijalari bilan belgilanadi. Zero, kunlarimizning bundan ham yaxshi bo‘lmog‘ida har bir mamlakat fuqarosi birdek mas`uldir. 


O‘rol O‘rOzboYev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘z XDP fraksiyasi hamda Mehnat va ijtimoiy

masalalar qo‘mitasi a`zosi


Авторизация