Unda korxona, tashkilot va muassasalarning murojaatlarga mas`ul bo‘lgan rahbar o‘rinbosarlari, xodimlar ishtirok etdi. Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Bayram Uzoqov boshqarib borgan seminarda dastlab viloyatimizda murojaatlar bilan ishlash holati xususida so‘z yuritildi.
Viloyat prokuraturasi, Adliya boshqarmasining mas`ul xodimlari murojaatlarga o‘z vaqtida javob qaytarish tartiblari, muddatlari, qonunbuzilish holatlari kuzatilganda belgilanadigan ma`muriy va jinoiy javobgarliklar haqida batafsil ma`lumot berishdi. Viloyatimizdagi Prezident Xalq qabulxonasi xodimlari virtual qabulxona bilan ishlash tartibiga yana bir bor to‘xtalib, yig‘ilganlarga mavzu bo‘yicha taqdimot namoyish etishdi. Yakunda mutaxassislar tomonidan savollarga javob qaytarildi.
Gavhar SAYDULLAYEVA