“Eng namunali tuman va shahar” respublika tanlovi doirasidagi o‘rga-nishlar to‘g‘risida ma`ruza qilgan O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti Ad-ministratsiyasi sho‘ba mudiri A.Mavrulov ma’na-viy-ma’rifiy sohani rivoj-lantirish, yurtimizda amal-ga oshirilayotgan islohot-larning natijadorligi xusu-sida to‘xtalib, bu borada shaharda erishilgan yu-tuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga e’tiborni qaratdi.
Yig‘ilishda fuqarolar-ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yetakchilari, maktabgacha va maktab ta`limi, sog‘liqni saqlash muassasalari mutasaddilari e`tiborsizligi bois yo‘l qo‘yilgan nuq-sonlarning asosiy sababi ochiq aytildi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olish va ularning bajarilishini ta`minlash viloyat hokimi o‘rinbosari A.Savurboyev chiqishining asosini tashkil etdi.
Shahrimizdagi “Jizzax-lik” MFY raisi Shohruh Ahrorqulov, 10-umum-ta’lim maktabi direktori T.Yunusov ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga barham berishga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Kengaytirilgan yig‘i-lishda shaharda “Eng yaxshi ma`naviyatchi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish va uni dekabr oyida ya-kunlash haqida mas`ul xodimlarga topshiriq berildi.
(O‘z muxbirimiz)