Odatda o‘rik mavsumi may oyining oxirida boshlanadi va iyul oyining ikkinchi yarmida tugaydi. Shu tufayli, iyun oyining boshida allaqachon pishgan mevalarni xarid qilishingiz mumkin.
O‘rikda :
- B, C, E, K guruhlari vitaminlari;
- nikotinik kislota;
- mikroelementlar: magniy, kalsiy, kaliy, temir, yod, fosfor;
- organik kislotalar: limon, olma;
- glyukoza, saxaroza, fruktoza;
- pektinlar;
- pektin;
- flavonoidlar;
- klechatkalar bor.
Shuningdek, o‘rik qomatga zarar yetkazmaydigan past kaloriyali meva hisoblanadi, 100 gramm o‘rikda 44 kkal mavjud.
O‘rik ichak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi; qon aylanish jarayonlarini yaxshilaydi; qon tomirlarining devorlarini mustahkamlaydi; antioksidant qarish jarayonini sekinlashtiradi; yurak uchun foydali bo‘lgan kaliy yetishmovchiligining oldini olishga yordam beradi.
Kunlik ehtiyojning 70 foizini to‘ldirish uchun 100 gramm o‘rik iste`mol qilish kifoya.
O‘rik - sog‘lom bo‘lishga yordam beradigan meva, biroq uni ortiqcha iste`mol qilmagan ma`qul. Kuniga 200-300 gramm o‘rik iste`mol qilish sog‘liq uchun foydali. O‘rikni och qoringa yoki kechasi iste`mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki ulardagi meva kislotalari oshqozon-ichak trakti shilliq qavatiga salbiy ta`sir ko‘rsatishi va shishni keltirib chiqarishi mumkin.
Allergik reaksiyasi, oshqozon yarasi, gastrit, yallig‘lanishli ichak kasalligi, qalqonsimon bez kasalligi, qandli diabet, buyrak kasalligi, yurak kasalliklari bo‘lgan insonlar bu mevani iste`mol qilmasligi kerak.
(Material daryo.uz saytidan olindi)