MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA

Murojaat qilish – fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biri hisoblanadi. Murojaatlar orqali xalqimizning kayfiyati, shart-sharoiti, olib borilayotgan islohotlarga munosabatini bilish mumkin. Murojaatlarga munosabat tubdan o‘zgargani sabab xalqimiz davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar va jamiyat oldida mas’ul ekanligini, xalq manfaati ustuvorligini o‘z hayotlarida yaqqol his qila boshladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, aholi murojaatlarini imkon qadar ijobiy hal etishimiz, ular ko‘nglida kadastr sohasi xodimlaridan rozilik hissini uyg‘otishimiz kerak.

Baxmal tumani O‘smat shaharchasida yashovchi fuqaro Eshboyev O‘rolning tuman hokimligiga qilgan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi Baxmal tumani filiali mutaxassislari tomonidan  murorjaatchi ishtirokida oʼrganib chiqildi.

Murojaatda muallif, uy-joy qurish uchun ajratilgan yer maydoni chegaralariga aniqlik kiritib berishni so‘ragan. Uy-joy qurish uchun ajratilgan 0.25 ga yer maydoni chegaralariga aniqlik kiritilib, murojaat ijobiy hal etildi.

Ko‘rinib turibdiki, murojaatlar ijobiy hal etilmoqda. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. Inson taqdiriga esa mas'uliyat bilan qarash lozim.

 

Sanjar KODIRKULOV,

Davlat kadastrlari palatasi

Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i


Авторизация