Kadastr agentligi Yangiobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan muntazam ravishda yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, 2023-yil davomida tizimda olib borilgan tadbirlar natijasida tuman bo‘yicha 160 ta holatda 210 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarining 15 ta holatda 130 gektari yer fondining qishloq xo‘jaligi toifasi, 145 ta holatda 90 gektari aholi punkti yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Faktlarni ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, misol uchun Yangiobod tumani, Xavotog‘ MFY xududidan axoli punkti yerlaridan fuqaro Abdunabi Abduqodirov tomonidan o‘zboshimchalik 0.40 gektar egallab olib tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro A. Abduqodirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-modda 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda fuqaroga yer maydonini qaytarish yuzasidan 15 kunlik ogohlantirish xati berildi.
Bu kabi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha Kadastr organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlarning barchasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Shundan 138 ta holat joyida ixtiyoriy bartaraf etilib, yer uchastkasi o‘z xoliga qaytarilgan, 12 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalar (5 ta qanoatlantirilgan, 3 ta rad etilgan, 4 tasi jarayonda) kiritildi.
Bundan tashqari, o‘tgan 2023-yil mobaynida 157 ta huquqbuzarga (24 ta 60-modda 2-qismi, 23 ta 6-modda 3-qismi, 80 ta 68-modda 1-qismi, 30 ta 68 prim 1-modda) nisbatan jami 564 600 000 so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qo‘llanilgan jarimalarning 85 tasidan 160 200 000 so‘m qismi kadastr organlari tomonidan (amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunlik muddatda to‘lovni amalga oshirgan huquqbuzarlarga 85 880 000 so‘m 30 foizlik imtiyozlar qo‘llanilgan) undirilishi ta’minlandi. To‘lanmay turgan 154 330 000 ming so‘mlik jarimaning muddati o‘tgan 9 tasidagi 112 200 000 so‘mlik qismi majburiy undiruvga qaratildi. Majburiy tartibda 3 ta holatda 12 100 000 so‘m mablag‘ undirildi. Undirilmagan va shu jumladan majburiy ijroga qaratilmagan jarimalar miqdori 75 300 000 so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur jarimalar bir oylik muddatda ixtiyoriy to‘lanmagan taqdirda tegishli tartibda majburiy ijroga qaratilishi ta’minlanadi.
Azizbek O‘RINBOYEV,
Kadastr agentligi Yangiobod tuman
bo‘limi boshlig‘i