Joriy yilning ortda qolgan o‘n oy davomida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Paxtakor tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati tizimida olib borilgan tadbirlar natijasida tuman bo‘yicha 146 ta holatda 4,44 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarining 4 ta holatda 1,28 gektari yer fondining qishloq xo‘jaligi toifasi, 37 ta holatda 1,1796 gektari aholi punkti, 3 ta holatda 0,0032 gektari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar, 102 ta holatda 1,9696 gektari zaxira yerlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish bo‘yicha Kadastr organlari xodimlari tomonidan huquqbuzarlarning barchasiga ogohlantirish xatlari berilgan. Shundan 116 ta holat joyida ixtiyoriy bartaraf etilib, yer uchastkasi o‘z holiga qaytarilgan, 24 ta holat bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari, 4 ta holat bo‘yicha esa qo‘shma tartib asosida prouratura organlariga ma’lumotlar kiritildi.
Bundan tashqari, 118 ta huquqbuzarga nisbatan jami 1 mlrd. 81 mln. 350 ming so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qo‘llanilgan jarimalarning 73 tasidan 91 mln. 170 ming so‘m qismi kadastr organlari tomonidan (amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunlik muddatda to‘lovni amalga oshirgan huquqbuzarlarga 62 mln. 100 ming so‘m 30 foizlik imtiyozlar qo‘llanilgan) undirilishi ta’minlandi. To‘lanmay turgan 922 mln. 80 ming so‘mlik jarimaning muddati o‘tgan 27 tasidagi 490 mln. 350 ming so‘mlik qismi majburiy undiruvga qaratildi. Majburiy tartibda 6 ta holatda 18 mln. 900 ming so‘m mablag‘ undirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar noqonuniy qurilmalarni belgilangan muddatda bartaraf etmaganligi sababli Fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudiga da’vo arizalari kiritildi va sud tomonidan da’vo arizalari qanoatlantirildi.
I. BÅRDIQULOV,
Kadastr agentligi
Paxtakor tumani bo‘limi boshlig‘i