Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalarni jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash va ularni bajarishga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda davlatni yanada taraqqiy topdirish uchun yangi-yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, malakali mutaxassislar kerak ekanligiga alohida e`tibor qaratdi.
Bu bejiz emas. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi ishlar ahvoli belgilangan ulkan maqsadlarga mos emas. Hamma vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari ham xalqimiz kutayotgan katta o‘zgarishlarni chuqur tushunmayotgani bor gap.
Yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish holati ko‘rib chiqildi. Bu yilgi investitsiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollarlik xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha katta marralar belgilangan edi. Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida o‘tgan olti oyda Àndijon shahri, Buloqboshi, Romitan, G‘allaorol, Forish, Karmana, Davlatobod, Chust, Kattaqo‘rg‘on, Sirdaryo tumanlarining har birida 50 million dollardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya olib kelingani, natijada ushbu tumanlarda jami 50 mingta yangi ish o‘rinlari, qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum paydo bo‘lganligi qayd etildi.
Yig‘ilishda investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish maqsadida yangi tizim joriy qilinishi borasida mutasaddilarga topshiriq berildi.
Jumladan, davlat investitsiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha "loyihabay" ish tashkil etiladi. Respublika hududlarida 1 ming 200 ta loyiha doirasida 4,6 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiri-ladi. Bunda loyihalar 3 ta toifaga ajratilgan holda aniq manzilli dasturlar asosida amalga oshiriladi. Oliy darajadagi xorijiy tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar hisobidan mana shunday imkoniyatlar yuzaga kelganligi tilga olindi.
O‘rol O‘rOzboYev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘z XDP fraksiyasi hamda Mehnat va
ijtimoiy masalalar qo‘mitasi a`zosi