OʼZBOSHIMCHАLIK BILАN QURILGАN UY VА IMORАTLАR АYoVSIZ BUZILАDI

Hujjati yoʼq uylarga Kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin, hududlarda yerlarni egallab tezkorlik bilan qurilish qilayotganlar uchrashi mumkin. Mazkur uy-joylarga ham egalik huquqi va kadastr hujjatlari qilib beriladimi? 

- Haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalganidan keyin aholi oʼrtasida ularni “uddaburonlar”deb atasak boʼladi. Tezkorlik bilan imorat qurib olib, bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman deb oʼylab yurgan boʼlishlari mumkin. Ochigʼini aytganda ular xato qilishmoqda.

Sababi, Kadastr agentligi tomonidan yerlarning holatini oʼrganish boʼyicha Kosmik sʼyomkalar, xaritalari bor. Ular yordamida 5-10 yil hatto 20 yil ortga qaytarib tekshirishimiz mumkin. Bu jarayonda insonlar oʼzlarini zarar berishlari mumkin. Sababi birinchidan yerlarni oʼzboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchiligimizda Maʼmuriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan. Shuning uchun bunday toifadagi insonlar hozirgi kunda oʼzboshimchalik bilan imorat qurayotgan boʼlsa, oʼz-oʼzidan toʼxtatishlarini va yerni asl holatiga qaytarishlarini soʼraymiz.

 

Neʼmat Аtamurodov,

Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari.


Авторизация