SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

- Mahkumlarning jazoni o`tash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shiladimi?

D. JAVLONOV.


- Insonparvarlik demokratik jamiyatning muhim belgisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu yo‘nalishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahkumlar uchun ham sharoitlar yaratish, ularning huquq-erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini ta'minlash choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, jazoni ijro etish muassasalarida mehnatga jalb etilgan mahkumlarga haq to‘lash ishlash davrini ularning umumiy mehnat stajiga qo‘shib hisoblash amaliyoti joriy etildi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 15-fevralda imzolangan Qonun bilan "Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi qonunga kiritilgan qo`shimchaga asosan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni o`tash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ishbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq to`langan bo`lsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qo`shib hisoblanadi. 

***

- Men akam rahbarlik qiladigan tashkilotda ishlayman. Yaqinda menga kadrlar bo‘limi boshlig‘i bu yerda ortiq ishlay olmasligimni, ishdan bo‘shashim kerakligini aytdi. Shu to‘g‘rimi?

G. SAFAROV.

- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi mehnat kodeksi 79-moddasi talablariga ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Savollarga II-darajali adliya maslahatchisi SH. SUVONOV javob berdi


Авторизация