VATAN MUQADDAS

Viloyatimizning Baxmal tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida tumandagi 54, 48, 43, 49-umumiy o‘rta ta'lim maktablari bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida "Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘zlarining xizmat itlari va otlari bilan ko‘rgazmali chiqishlar qilishdi. Tadbir maktab o‘quvchilarida katta taassurot qoldirdi.

 

A.XO‘ROZOV,

DXX Chegara qo‘shinlari 

harbiy xizmatchisi


Авторизация