O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI

2017-yil 5-iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni bilan yurtimizda 30 iyun — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.

Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ko‘lami chegara bilmaydi. Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o‘z yurti va xalqiga fidoyi, ajdodlarimiz boshlab bergan ishni davom ettirishga qodir bo‘lgan yoshlarni ko‘rib ko‘zlar quvnaydi.

Kadastr sohasida ham intiluvchan, izlanuvchan, tashabbuskor yoshlar juda ko’p. Zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega tengdoshlarimni ko’rib havasim keladi.

Men ayni vaqtda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasida  Arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Islohotlar va o‘zgarishlar davrida – yoshlarga, ularning o‘zini namoyon qilishiga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biz yoshlar qat’iyat bilan harakat qilsak, qunt bilan o‘qib-o‘rgansak, ona-Vatan va xalq oldidagi mas’uliyatni yurakdan his qilib, shunga munosib bo‘lishga intilsak, bu imkoniyat ulkan salohiyatga, mislsiz qudratga aylanadi. 

Kadastr sohasidagi har bir yangilik, har bir o‘zgarish, tengdoshlarimning bu tizimda amalga oshirib kelayotgan ilg‘or innovatsion g‘oyalari men uchun juda muhim. Shaxsan o‘zim ham o‘qishdan, izlanishdan sira erinmayman. Ko’p bora ta’kidlanganidek, bilimli yoshlar – kelajak poydevori. Darhaqiqat, yoshlar jamiyatning ertangi kelajagi, uning faol a’zosi, ta’bir joiz bo‘lsa jamiyat ertasining munosib vorislaridir. Mazkur nuqtayi nazarga ko‘ra ham yoshlar davlat va jamiyat tomonidan doimiy e’tiborda bo‘ladi.

O‘zbekiston – yoshlar mamlakati, Vatanning yanada gullab-yashnashi uchun aynan bizlar mas’ulmiz. Shunday ekan, barchamiz ush bir-birimizga ko‘makdosh bo‘lishimiz lozim. Zero, kelajagimiz uchun har birimiz mas’ulmiz!

 

Mirjalol ABDUVOSILOV,

Davlat kadastrlari palatasi

Jizzax viloyati boshqarmasi  

Arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi. 


Авторизация