TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIK OLDINI OLISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Jizzax viloyati “Istiqlol avlodi” ijitimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Gender zo‘ravonlikka idoralararo munosabat va uning oldini olish choralari” mavzusida onlayn trening bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha samarali muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish, sifatli xizmatlar ko‘rsatish hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish borasida tajriba almashish haqida fikrlar bildirildi. Tadbirda Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Gruziya Respublikalaridagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va mamlakatlardagi ayollar huquqlari va gender tengligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish tajribalari bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boshqarmalari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi va uning hududiy bo‘linmalari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari, “Inson” ijtimoiy xizmati markazi xodimlari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etgan treningda idoralararo munosabatlar bo‘yicha xalqaro standartlar va milliy qonunchilik bo‘yicha xabardorlikni oshirish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan yordamlarni sifatini oshirish maqsadi ko‘zlandi.

Lola MAMARAIMOVA,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi


Авторизация