KULASIZMI, YIG'LAYSIZMI?

2023-2024-o‘quv yili boshidan buyon darsliklar bilan ta`minlash masalasida muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, ayni kunlarda darsliklardagi xato va kamchiliklar, g‘alizliklar haqidagi xabarlar, foydalanuvchilarning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda juda keng muhokamaga aylandi. 

Haqiqatan ham xatolar haqida gapirilganda ilova qilingan suratlarni ko‘rib kishining aqli shoshadi. Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay qoldik so‘nggi vaqtlarda. Ayniqsa, “Tarvuz haqidagi topishmoqni javobini yozish uchun ajratilgan katakchalarning soni bitta kamligini darslik mualliflari qanday izohlashar ekan?” degan savol juda qiziqtirayapti. Hoynahoy, ushbu jarayonda ular tarvuz emas, arbuz deyishmoqchi bo‘lganmi? Biroq bu darslik 1-sinf “Alifbo”si ekanligi keltirilgan. Ko‘p gapirmaymiz. Izohni mutasaddilardan kutamiz.


Авторизация