XALQ BILAN MULOQOT - ASOSIY MAQSAD

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi.

Jizzax shahri 1-sektor rahbari, shahar hokimi Komil Xolmurodov shaharning Mirzo Ulug‘bek mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar haqida murojaatlarini tingladi. 

Unda hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning chiqindi muammosi, ichki yo‘llar ta’miri, yashil makon, mahalla binosini ta’mirlash kabi turli yo‘nalishlardagi 15 ta murojaati va takliflari eshitilib, ularni ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo`lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta`minlashga xizmat qilib kelmoqda.


Jizzax shahar hokimligi 

Axborot xizmati



Авторизация