SOʼNGGI PUSHAYMON - KETMAS ARMON

Mahalla hamshirasi uyga kelib, chet elda ishlab kelgan barcha migrant boʼlgan shaxslar tibbiy koʼrikdan oʼtkazilinayotganligini aytdi. Dastlab borishni istamadim. Biroq hamshiraning qayta-qayta taʼkidlashi bilan poliklinikaga bordim. Shifokorlar birin-ketin tekshira boshladi, sogʼligim yaxshiligiga qaramay, qon topshirish zarurligini aytdi.

Oradan 3 kun oʼtib turmush oʼrtogʼim hamshira kelib ketganligini, qonimda qandaydir infektsiya borligini, shifokor chaqirayotganini aytib qoldi. Qoʼrquv aralash shifokorga bordim. Shifokor oldin qaerda ishlaganligim, nima ishlar bilan shugʼullanganligimni, oilam, farzandlarimni soʼray boshladi. “Tinchlikmi, sogʼligim yaxshimi?” degan soʼrogʼimga qonimda OIV infektsiyasi mavjudligini aytdi.

Sarosimaga tushib qolganimni koʼrib, shifokor kasallik haqida toʼliq maьlumot berdi. Kasallik haqida qancha maьlumot olgan sari meni qoʼrquv qamrab ola boshladi.

Bir hafta oʼzimga kela olmadim. Kechayu kunduz qilgan nojoʼya ishlarimdan afsuslandim. Biroq endi kech...

Bundan olti yil avval Rossiya davlatiga ishlash uchun borib, ishchilar yotoqxonasida yashadim. Ishlarim yaxshi, daromadim ham yomon emas edi. Ikki-uch oyda uyga pul yuborib turar edim. Har kuni aysh-u ishrat, ichkilik, tungi qizlar, qoʼyavering oʼzimning nima ishlar qilayotganligimni bilmay qolgan edim. Har kuni yarim kechada yotoqxonaga mast xolda kirib kelar, baьzida oʼrtoqlarim bilan boshqa joylarda ham yotib qolardik. Bularni eslasam vijdonim oldida, turmush oʼrtogʼim va farzandlarim oldida gunohkor ekanligimni endi his qilayapman. Turmush oʼrtogʼim oʼqituvchi, bir nafar oʼgʼlim va bir nafar qizim maktabda taьlim oladi. Ularning taqdiri endi nima boʼladi? Otasi OITS kasalligiga uchragan deb tanayu dashnomlarda qolishini tasavvur qilsam ich-ichimdan azob tortayapman.

Bu kasallik insonga bilinmas, uzoq yillar hech narsa bezovta qilmas ekan. Kasallik meni yengib bormoqda, haroratim tushmaydi, oshqozonim ham buzilgan shekilli hojatxonaga bir kunda 5-6 marta boraman. Shifokorlar OITS markazi mutaxassislari Аntivirus dorilari bilan davolamoqdalar, ammo ahvolim yaxshi emas. Yana necha yil yashayman, bilmadim. Аmmo qilgan ishimdan ming bor pushaymonman. 

Oqqa koʼchiruvchi viloyat OITSga 

qarshi kurashish markazi yetakchi 

mutaxasisi N.JАMOLOV


Авторизация