RETROVIRUSGA QARSHI DAVO-UZOQ UMR GAROVI

O‘zbekistonda OIV infeksiyasini RVQ bilan davolash davlat tomonidan kafolatlanadi va bugungi kunda u barcha OITSga qarshi kurash markazlari, global jamg‘arma va davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bepul amalga oshiriladi. 

Nima uchun retrovirusga qarshi dori terapiya uch va undan ko‘p dori preparatlaridan iborat bo‘ladi? Sababi bemor faqat bitta dori qabul qilsa, virus uni darrov tanib qoladi va undan oson himoyalanib, doriga chidamlilik paydo bo‘ladi. Bundan qochishning yagona yo‘li bemorga 3 va undan ortiq preparatlar bir vaqtning o‘zida beriladi (bu retro virusga qarshi terapiya RVQT sxemasi deyiladi). Chunki har bir dori virusning ko‘payishining turli bosqichlariga ta`sir qiladi.

RVQT OIV infeksiyali shaxsda turli yondosh kasalliklar kelib chiqishining oldini olib, bemorning yashash tarzini yaxshilaydi. Àgar RVQTning biror dorisini qabul qilishda uzilish bo‘lib, bemor dorini vaqtida qabul qilmasa yoki umuman qabul qilmay qo‘ysa virusni doriga bo‘lgan chidamli shtammlari paydo bo‘ladi. Natijada davolashda viruslar soni kamayish o‘rniga ko‘payishi mumkin. Bu davolanish samarasiz bo‘lib, turli yondosh kasalliklarni paydo bo‘lishiga olib kelishi oqibatida bemorning o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bemor antiretro virus preparatlarni o‘z vaqtida bir kunda ikki mahal uzluksiz qabul qilishi lozim. 

Sh.NÀBIYEVÀ,

viloyat OITSga qarshi kurashish markazi infektsionist shifokori


Авторизация