PREZIDENT SIFATIDA QASAMYOD QILDI

2023-yil 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.

Saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylandi.

Shuningdek, O‘zbekiston "Àdolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaga saylov-chilarning 4,43 foizi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Ulug‘bek Inoyatovga 4,02 foizi va O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Àbdushukur Hamzayevga 3,74 foizi yoqlab ovoz bergan.

Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz bergan.

9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari saylovda O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining 14-iyul kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi. 

Inauguratsiya Senat binosida bo‘lib o‘tdi. Marosim boshlanishidan avval Senat majlislar zaliga shtandart (bayroq) va prezident belgisi olib kirildi.

Parlament quyi va yuqori palatalarining qo‘shma majlisida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Shavkat Mirziyoyevga prezident guvohnomasini topshirdi.

So‘ng Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi. Prezident quyidagi so‘zlarni aytdi: "O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat`iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".



Авторизация