“103” XIZMАTIGА YaNGI АVTOMOBILLАR TOPShIRILDI

“103” XIZMАTIGА YaNGI АVTOMOBILLАR TOPShIRILDI

Bugungi kunda Cogʼliqni saqlash vazirligi tizimida eskirgan avtomashinalarni zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalariga bosqichma-bosqich almashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “103” tez tibbiy yordam xizmatida 2938 dona avtotransport vositalari boʼlib, shundan 648 tasi yoki 22 foizi yaroqsiz holatga kelib ulgurgan. 

"Jizzax Auto" zavodida Sogʼliqni saqlash vazirligi masʼullari ishtirokida respublika tez tibbiy yordam markazi avtoturargohiga 110 ta “Volkswagen Caddy” rusumli soʼnggi avlod tez tibbiy yordam mashinalarini topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.

Beshinchi avlod “Volkswagen Caddy” mutlaqo yangi MQB platformasida qurilgan boʼlib, 1,6 MPI atmosfera motori bilan jihozlangan. Аvtomobillar 6 pogʼonali mexanik uzatmalar qutisi bilan birgalikda 110 ot kuchiga ega. 100 kilometrga avtomobilь aralash siklda 7 litr yoqilgʼi sarflaydi. Eʼtiborlisi, mazkur avtomobillarni loyihalash va jihozlashda shifokor va bemorlarga imkon qadar qulaylik yaratishga alohida ahamiyat qaratilgan. 

Xalqaro tajribada tez yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati 5-8 yilni tashkil etadi. Yurtimizda ham 8 yildan oshgan tez tibbiy yordam avtotransport vositalari yangilanishi lozimligi belgilangan. Maʼlumot oʼrnida aytish lozimki, hozirgi kunda “103” tez tibbiy yordam xizmatida 244 dona “Hunday”, 145 dona “Volkswagen Caddy” 90 dona “Nissan”, 46 dona “Toyota”, 228 dona “Ford”, 13 dona “Foton”, 37 dona “UАZ”, 5 dona “Isuzu NLR”, 29 dona “Isuzu D-MAX”, 19 dona “Gazelь”, 2082 dona “Damas” mashinalari xizmat koʼrsatmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 maydagi va 2022 yil 16 iyundagi qarorlariga muvofiq, tizimda mavjud “Damas” rusumli avtomashinalar va xizmat muddatini oʼtagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini 2022-2024 yillarda zamonaviy avtotransportlar bilan yangilash belgilangan.


Авторизация