YOQUTXON XOLBEKOVA-JAHON CHEMPIONI

Joriy yilning 17-25 may kunlari Yaponi-yaning Kobe shahrida para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya taqdim etuvchi ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari ham munosib ishtirok etishdi. Jumladan, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylangan Jizzax viloyati vakilasi Yoqutxon Xolbekova T12 uzunlikka sakrash musobaqasining final bosqichida dunyo sportchilari ichida tengsiz ekanligini yana bir bora isbotladi.

Umidli sportchi Yoqutxon Xolbekovaga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ulkan marralarni tilab, shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy olishiga ishonamiz.



Авторизация